Qirg‘izistonning O‘sh viloyatiga yangi rahbar tayinlandi
Jarasul Abduraimov Qirg‘iziston yangi hukumatining O‘sh viloyatidagi muxtor vakili – mintaqa rahbari etib tayinlandi. Yangi rahbarni mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Ravshanbek Sobirov tanishtirgan.
Shu vaqtgacha, O‘sh viloyatini Bayish Yusupov boshqarib kelayotgan edi.
Jarasul Abduraimov 1960 yilda O‘sh viloyatining Olay tumani Gulcha qishlog‘ida tug‘ilgan. Oilali, ikki nafar qizi va bir nafar o‘g‘li bor. Yekaterinburgdagi Ural politexnika universitetini tamomlagan.
J. Abduraimov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Osiyo taraqqiyot bankining Qirg‘izistondagi loyihalaridan birida ekspert sifatida faoliyat olib borgan.
Shuningdek, u 2019 yilning may oyidan sentyabrigacha Qirg‘iziston iqtisodiyot vazirining maslahatchisi lavozimida ishlagan.
Mavzuga oid
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024