Polsha prezidenti koronavirus yuqtirib oldi
Polsha prezidenti Anjyey Duda koronavirus yuqtirib oldi. Ta'kidlanishicha, Duda o‘zini yaxshi his qilmoqda.
Polsha prezidentining matbuot kotibi Blajyey Spixalskiyning ma'lum qilishicha, Dudaning koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqan.
Duda ma'muriyati tibbiy xizmatlar bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
Polshada oxirgi kunlarda koronavirusga chalinish bo‘yicha antirekordlar qayd qilinmoqda. So‘nggi sutkada mamlakatda 13 mingdan ko‘proq kasallanish holati qayd qilingan.
19 oktyabrda Varshavadagi milliy stadion koronavirusga chalinganlar uchun dala gospitaliga aylantirilishi ma'lum qilingan. Polsha hukumati bunday gospitallarni mamlakatning boshqa yerlarida ham tashkillashtirishga tayyorligini ma'lum qilgan.
21 oktyabrda Polshaning bir qator shaharlari koronavirus sababli Yangi yil tantanalarini bekor qilishga qaror qilgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Polshada koronavirusga chalinganlar soni 241 mingdan oshib ketdi, infeksiyadan 4,3 mingdan ko‘proq kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
09:07 / 02.09.2024
Duda 1939 yilgi hujum uchun Germaniyadan tovon puli talab qilmoqda
09:22 / 03.08.2024
Polsha prezidenti MSK bo‘yicha tuzatishlarni Konstitutsiyaviy sud tekshiruviga yubordi
11:40 / 24.01.2024
Duda yana Polshaning sobiq vaziri va uning o‘rinbosarini afv etdi
22:31 / 11.12.2023