Jahon | 07:40 / 25.10.2020
7627
2 daqiqa o‘qiladi

Samsung raisi Li Gon Xi 78 yoshida vafot etdi

Seuldagi shifoxonalardan birida Samsung konserni raisi Li Gon Xi vafot etdi. Oxirgi 6 yil davomida u kasal bo‘lgan.

Foto: EPA/BAE

Li Gon Xi 2014 yilda yurak xurujini o‘tkazgandan keyin kompaniyani nazorat qilish uning o‘g‘li Li Chje Yonga o‘tgan. Prokuratura Li Chje Yonni kompaniya boshqaruvini otasidan olish vaqtida firibgarliklar sodir etishda gumon qilmoqda

Li Gon Xi 1942 yilda tug‘ilgan. Uning otasi Li Byon Chxol Samsung Electronics’ga 1938 yilda asos solgan. Li Gon Xi kompaniyadagi faoliyatini 1968 yilda boshlab, 1987 yildan unga raislik qilgan. 2008 yilda soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash ayblovi bilan shartli qamoq jazosiga hukm qilingandan keyin iste'foga ketishga majbur bo‘lgan. Keyinroq Janubiy Koreya oliy sudi unga nisbatan chiqarilgan hukmni bekor qilgan va 2010 yilda Li Gon Xi yana kompaniya boshqaruviga qaytgan. 

Li Gon Xi Forbes tomonidan 2016 yilda Janubiy Koreyaning eng boy odami deb topilgan. 2020 yil oktyabriga ko‘ra, uning boyligi 20,9 mlrd dollarni tashkil qiladi.

Mavzuga oid