Jahon | 20:10 / 27.10.2020
2669
1 daqiqa o‘qiladi

Turizm tarmog‘ining pandemiya sababli yo‘qotishlari 730 milliard dollarni tashkil qildi 

Dunyoda koronavirus pandemiyasi sababli sayyohlik safarlari soni qisqarishi turizm tarmog‘iga 2020 yilning ilk 8 oyida 730 mlrd dollarlik ziyon yetkazdi. Bu haqda BMTning Jahon sayyohlik tashkilotida ma'lum qilindi.   

Foto: Globallookpress

Tashkilotda xabar berilishicha, pandemiya sababli safarlarga kiritilgan cheklovlar jahon turizmiga kuchli ta'sir ko‘rsatishni davom ettirmoqda. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, joriy yilning ilk 8 oyida xalqaro safarlar  miqdori 70 foizga kamayib ketdi. Bu esa 730 mlrd dollar yo‘qotilishiga olib kelgan. Ta'kidlanishicha, ushbu ko‘rsatkich 2009 yilda jahon moliyaviy inqirozi vaqtida ko‘rilgan zarardan 8 marotaba ko‘proqni tashkil qiladi.   

2019 yilda boshqa davlatlarga sayohat qilgan turistlar soni 1,5 mlrd kishini tashkil qilgan. 

Mavzuga oid