O‘zbekistonda sun'iy nafas berish (SNB) qurilmasi yaratildi
SNB qurilmasi COVID-19 pandemiyasi davrida O‘zbekistonda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan qurilma tanqisligining oldini olish maqsadida yaratilgan bo‘lib, narxi 5 million so‘mni tashkil etadi.
O‘zbekistonda sun'iy nafas berish (SNB) qurilmasi yaratildi. Ushbu qurilma mahalliy texnik imkoniyatlardan kelib chiqqan holda yaratilgan va narxi 5 million so‘mni tashkil etmoqda, – deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«O‘zavtosanoat» qoshidagi R&D markazi muhandisi Fikrat Umirovning ma'lum qilishicha, O‘zAvto sun'iy nafas berish qurilmasi mahalliy texnik imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bemorlar uchun xavfsiz va uzluksiz tibbiy yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘pkani mexanik shamollatish orqali nafas yetishmovchiligining oldini olishi ko‘zlangan.
Ushbu loyiha qiymati 65 mln so‘mni tashkil etadi. Qurilma o‘tkir respiratorli distress sindromi (o‘pka yallig‘lanishidagi nafas yetishmovchiligi)da qo‘llashga mo‘ljallangan keng qamrovli sozlamalarga ega bo‘lgan boshqaruv tizimiga ega.
“Eng afzal jihati ushbu mahalliy qurilmalar boshqa keng tarqalgan SNB qurilmalarining yuqori tannarxi (25-50 ming dollar)dan sezilarli darajada arzon bo‘lib, 5 million so‘mni tashkil etadi”, – dedi Fikrat Umirov 29 oktabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligida bo‘lib o‘tgan “Avtomobilsozlikdagi dolzarb muammolar va innovatsiyalar” mavzusidagi seminarda.
Shuningdek, qurilma oson mexanik boshqaruv tizimiga egaligi va DIY tarkibiy qismlarining aniqlanishi osonligi bilan boshqa qurilmalardan ajralib turishi alohida ta'kidlandi.
Mavzuga oid
18:52 / 19.09.2024
Koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda aniqlanmadi - SSV
00:02 / 27.08.2024
Moldova prezidentida COVID-19 aniqlandi
14:15 / 14.08.2024
Janubiy Koreya COVID-19 holatlari ko‘paygani sababli kurash choralarini kuchaytiradi
20:02 / 25.06.2024