Jahon | 22:06 / 02.11.2020
8901
1 daqiqa o‘qiladi

31 oktyabrdagi antirekorddan so‘ng dunyoda koronavirus tarqalishi sekinlashdi – JSST

31 oktabr kuni JSST antirekordni qayd etgandi – bir sutkada 545 114 holat. Bu pandemiya boshlanganidan buyon eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.

Foto: AP

Shanba kungi antirekorddan so‘ng butun dunyoda koronavirus tarqalishi holatlari pasaydi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xabar berdi.

31 oktabr kuni JSST antirekordni qayd etgandi – bir sutkada 545 114 holat. Bu pandemiya boshlanganidan buyon eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. Xabarda aytilishicha, yakshanba kuni dunyo bo‘yicha koronavirus tarqalishi sur'ati sekinlashgan.

Pandemiya boshlanganidan buyon dunyo bo‘yicha 47 millionga yaqin bemor qayd etilgan, ularning 1,2 million nafardan ortig‘i vafot etgan.

Ekspertlarning taxminicha, qayd etilganidan ko‘proq odam koronavirus bilan kasallangan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi kasallikni yengil o‘tkazgan.

Mavzuga oid