Jahon | 01:08 / 04.11.2020
20301
1 daqiqa o‘qiladi

Koronavirusdan kuchli himoya hosil qilishning sharti ma'lum qilindi 

Foto: mskagency.ru

Koronavirusdan eng kuchli himoyani koronavirusdan sog‘ayib, keyin emlangan kishilar oladi. Bu haqda immunolog-allergolog shifokor Vladimir Bolibok ma'lum qildi.

“Koronavirusga chalingan va unga antitanalarga ega odamlar uchun vaksina qayta emlanishdek bo‘ladi. Ular yanada ko‘proq himoyaga ega bo‘ladilar”, – deb aytgan mutaxassis.

Uning tushuntirishicha, koronavirusdan sog‘ayganlarda antitanalar ishlab chiqilishi ularda kasallik qay tarzda kechganiga bog‘liq.

“Koronavirusni belgilarsiz o‘tkazgan odamlarda antitanalar titri kuchsiz bo‘ladi. Biroq uni og‘ir o‘tkazib, katta dozada steroid gormonlar olganlarda ham antitanalar miqdori kam bo‘ladi”, – deb aytgan shifokor. 

Bolibokning ta'kidlashicha, bunday holatlarda yaxshiroq himoyaga ega bo‘lish uchun emlanish, ayniqsa, muhim hisoblanadi.

Mavzuga oid