Jamiyat | 17:20 / 04.11.2020
13916
1 daqiqa o‘qiladi

Tashkent City hududida yong‘in sodir bo‘ldi

Tashkent City hududida qurilayotgan binolarning birida qurilish jihozlari saqlanayotgan 15 kv. metr maydonda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.  

Qayd etilishicha, bugun, 4 noyabr kuni, soat 15:37da Toshkent shahar FVB dispetcherlik xizmatiga Shayxontohur tumani Furqat ko‘chasida qurilish ishlari olib borilayotgan Tashkent City’ning 7-lotida 6 qavatli yangi qurilayotgan bino 3-qavatida ishchilarning vaqtincha foydalanayotgan omborxonasida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar FVB yong‘in o‘chirish ekipaji soat 15:42da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:52da to‘liq bartaraf etilgan. 

Yong‘in oqibatida 15 kv. metr maydonda ustalarning qurilish jihozlari zarar ko‘rgan. 

Yong‘indan jarohat olgan hamda vafot etgan fuqarolar yo‘q, deyiladi ma'lumotda. 

Mavzuga oid