Jahon | 21:00 / 06.11.2020
5048
1 daqiqa o‘qiladi

JSST koronavirus tufayli maktablarni yopishga qarshi chiqdi

JSST vakilining so‘zlariga ko‘ra, hukumatlar oxiriga qadar maktablarda o‘qishni to‘xtatmasligi va o‘ta qiyin hollardagina yopishi kerak.

Foto: EPA

Hukumatlar koronavirus epidemiyasi tufayli maktablarni yopmasligi kerak. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropadagi bo‘linmasi direktori Xans Klyuge ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Brussels Times nashri.

 "Maktablar koronavirus tarqalishining asosiy manbasi deyishga sabab yo‘q. Maktablarni doimo ochiq qoldirishimiz lozim, chunki koronavirus sababli bir avlodni yo‘qotishga yo‘l qo‘ya olmaymiz", - dedi Klyuge.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumatlar oxiriga qadar maktablarda o‘qishni to‘xtatmasligi va o‘ta qiyin hollardagina yopishi kerak.

Shu bilan birga, JSST vakili Yevropada keskin karantin choralari joriy etilishi kerakligini aytdi.

"Niqoblardan keng foydalanish va yig‘inlar ustidan qat'iy nazorat evaziga Yevropada fevralga kelib 261 mingdan ortiq insonning hayotini saqlab qolishimiz mumkin", - dedi u.

 

Mavzuga oid