Buyuk Britaniya Minskka javoban ikki diplomatni mamlakatdan chiqarib yubordi
Avvalroq Belarus britaniyalik diplomatlar – harbiy attashe Timoti Uayt Boykott va elchi o‘rinbosari Liza Tamvudni persona non grata deb e'lon qilgandi.
Buyuk Britaniya hukumati Minskning harakatiga javob sifatida Belarusning ikki nafar diplomatini mamlakatdan chiqarib yubordi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Dominik Raab ma'lum qildi.
“Bugun britaniyalik diplomatlarning asossiz chiqarib yuborilishiga javoban ikki nafar Belarus diplomatini mamlakatdan chiqarib yubordik”, - deb yozdi u tvitter sahifasida.
Avvalroq Belarus britaniyalik diplomatlar – harbiy attashe Timoti Uayt Boykott va elchi o‘rinbosari Liza Tamvudni persona non grata deb e'lon qilgandi.
Xabar qilinishicha, “bu shaxslar Belarusdagi ichki siyosiy vaziyat va noroziliklar to‘g‘risida ma'lumot to‘plashgan”.
“Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, diplomatlar joriy yilning may oyidan buyon muxolifat va jamoat, huquqni himoya qilish tashkilotlari hamda nohukumat tuzilmalar vakillari bilan ko‘p marta uchrashishgan. Harbiy attashe bu maqsadda regionlarga bir necha marta kelgan”, – deyiladi ONT kanali xabarida.
Mavzuga oid
21:52 / 17.09.2024
Buyuk Britaniya noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashga 75 mln funt ajratadi
20:09 / 14.09.2024
Britaniyada ayol farzandini «ikki marta tug‘di»
16:34 / 13.09.2024
Britaniya IIV rahbari mamlakatdagi “o‘g‘rilik epidemiyasi” haqida nutq so‘zlayotganda uning hamyonini o‘g‘irlab ketishdi
22:17 / 10.09.2024