Jamiyat | 14:38 / 13.11.2020
9988
1 daqiqa o‘qiladi

Nur-Sultonda miltiq ko‘tarib yurgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida qurol, portlovchi moddalar va portlovchi vositalardan foydalanish bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish maqsadida «Qurol-2020» tadbiri o‘tkazilmoqda. 

Nur-Sulton shahar ichki ishlar boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, Jiyenqulov ko‘chasida 38 yoshli O‘zbekiston fuqarosi to‘xtatildi. Uning polietilen paketini tekshirish paytida qirqma miltiq topildi.

Mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, silliq stvoli qirqilgan o‘qotar qurol 16 kalibrli ov miltig‘ini qo‘lbola qirqib yasalgan. Miltiqning zavod raqami o‘chirilgan, qurol o‘q otishga yaroqli. Bundan tashqari, politsiya 20 ta patronni musodara qildi.

Tezkor profilaktika tadbiri davomida qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar va moslamalarni noqonuniy ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq jami 11ta jinoyat aniqlandi. Ular yuzasidan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 287-moddasi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid