Soliq kodeksiga tuzatishlar kiritildi
Prezident tomonidan ayrim qonun hujjatlariga kiritiladigan tuzatishlar imzolandi.
Norma’ning yozishicha, Soliq kodeksining alohida normalariga o‘zgartirishlar kiritildi:
1) SKning 344-moddasi 2-qismida mablag‘larni depozitga joylashtirishdan foizlar nazarda tutilganligi aniqlashtirildi. Binobarin, ushbu norma boshqa turdagi foizlarga tatbiq etilmaydi. Ya'ni mamlakatning soliq rezidentlari hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan notijorat va budjet tashkilotlariga depozitga mablag‘larni joylashtirishdan to‘lanadigan foizlarga:
to‘lov manbayida 15 foizlik stavka bo‘yicha foyda solig‘i solinadi;
bunday daromad oluvchilarning soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanishi lozim;
2) jismoniy shaxsning jami daromadini aniqlash tartibiga tuzatishlar kiritildi:
a) vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi (oilaning betob a'zosini parvarish qilish bo‘yicha nafaqa) bo‘yicha daromadi jami daromadga kiritiladi. Davlat pensiyalari, qonun hujjatlarida belgilangan boshqa nafaqalar, ilgarigidek, jami daromadga qo‘shilmaydi;
b) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari, xayriya, ekologiya jamg‘armalari va prezident qarorlari bilan tashkil etilgan boshqa jamg‘armalar tomonidan ko‘rsatilgan yordam soliq to‘lovchining daromadi sifatida qaralmaydi:
ustavda nazarda tutilgan faoliyat doirasida bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar;
davolash va tibbiy xizmatlar qiymati, nogironlarni profilaktika va reabilitatsiya qilish uchun texnik asbob-uskunalar olish;
jismoniy shaxsning manfaatlarini ko‘zlab, tovarlar va xizmatlarni yetkazib beruvchidan olish;
xayriya maqsadida boshqa shakllarda qo‘llab-quvvatlash (bundan pul shaklida qo‘llab-quvvatlash mustasno);
3) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari, xayriya va ekologiya jamg‘armalari tomonidan soliq to‘lovchilarga beriladigan nafaqalar, shuningdek pul mablag‘lari tarzidagi yordamning boshqa turlari, biroq soliq davri mobaynida 15 mln so‘mdan oshmagan holda ko‘rsatilganda, ular soliq (JShDS) solishdan ozod etiladi.
2- va 3-bandlardagi qoidalar orqaga qaytish kuchiga ega – ular 2020 yil 1 apreldan yuzaga kelgan munosabatlarga ham tatbiq etiladi.
Hujjat 9.11.2020 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
13:26 / 30.03.2024
Senatorlar turizmni rivojlantirishga va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan qonunni ma’qulladi
07:24 / 13.04.2022
Soliq kodeksiga foyda solig‘i bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritiladi
08:40 / 31.12.2021
Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i kamaytirildi
07:44 / 28.12.2021