Jahon | 16:56 / 14.11.2020
20595
1 daqiqa o‘qiladi

Armaniston Tog‘li Qorabog‘dagi yo‘qotishlari haqidagi dastlabki ma'lumotlarni e'lon qildi

 14 noyabr kuni Ozarboyjon va Armaniston Tog‘li Qorabog‘dagi jangovar harakatlar davomida halok bo‘lganlarning jasadlarini almashishdi.

Foto: mil.am

Tog‘li Qorabog‘da 27 sentyabrdan buyon bo‘lib o‘tgan jangovar harakatlar natijasida Armanistondan 2317 nafar harbiy halok bo‘lgan. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lum qildi.

“Bugungi kungacha sud-tibbiyot xizmatimiz halok bo‘lgan 2317 nafar harbiy xizmatchining jasadini o‘rgandi. Halok bo‘lgan askarlarning jasadlarini almashish jarayoni endigina boshlandi, bu jarayon davom etarkan, yakuniy raqamlarni bilib bo‘lmaydi”, – deyiladi xabarda.

14 noyabr kuni Ozarboyjon va Armaniston Tog‘li Qorabog‘dagi jangovar harakatlar davomida halok bo‘lganlarning jasadlarini almashishdi.

Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida kechgan janglarda tinch aholi orasidan 4 mingdan ko‘proq odam halok bo‘lgani, qochqinlar soni o‘n minglab kishini tashkil qilayotganini ma'lum qilgan edi.

Mavzuga oid