Japarov prezidentlikka nomzodini qo‘yish uchun markaziy saylov komissiyasiga hujjat topshirdi
Qirg‘iziston prezidenti saylovi 2021 yil 10 yanvarda bo‘lib o‘tadi.
Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vaziri Sadir Japarov davlat rahbari lavozimiga nomzodi ro‘yxatga olinishi uchun markaziy saylov komissiyasiga hujjat topshirdi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
"Bugun, 14 noyabrda Japarov,Qirg‘iziston Respublikasi saylovlar va referendumlar o‘tkazish bo‘yicha markaziy komissiyaga o‘z nomzodini prezident lavozimiga ilgari surish uchun hujjat topshirdi", - deyiladi xabarda.
Ma'lumot berilishicha, Japarov saylov komissiyasiga prezident lavozimiga nomzodini qo‘yishi to‘g‘risida ariza, boshqa mamlakat fuqarosi emasligi to‘g‘risida ma'lumotnoma, davlat tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat va boshqa zarur hujjatlarni topshirgan.
Qirg‘iziston prezidenti saylovi 2021 yil 10 yanvarda bo‘lib o‘tadi. Qonunchilikka ko‘ra, davlat lavozimini egallab turgan shaxslar prezident saylovida ishtirok eta olmaydi, ular o‘z lavozimlarini vaqtincha tark etishlari lozim.
Japarov prezidentlik vakolatlaridan voz kechadi. Uning vakolatlari avtomatik tarzda parlament spikeri Talant Mamitovga o‘tadi.
Mavzuga oid
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
21:34 / 05.11.2024
Qirg‘izistonlik ayollar 10 nafargacha farzand ko‘rishga chaqirildi
19:40 / 05.11.2024
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi 3 ta chegara bojxona postlarida transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi
18:09 / 05.11.2024