Jahon | 16:26 / 18.11.2020
4389
1 daqiqa o‘qiladi

Berlinda minglab kishilar karantin cheklovlariga qarshi namoyishga chiqdi

Germaniyada 2 noyabrdan buyon karantin rejimi amal qilmoqda.

Foto: TASS

Berlin markazida minglab kishilar koronavirus cheklovlariga nisbatan norozilik bildirib namoyishga chiqdi. 

Xabar qilinishicha, namoyishchilar soni 4 mingdan ortiq bo‘lib, ko‘chalarda 2,2 ming nafar politsiya xodimi navbatchilik qilmoqda.

Namoyishlar Bundestagda yuqumli kasalliklardan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunga tuzatishlar kiritish bo‘yicha ovoz berish kunida o‘tkazilmoqda.  

Germaniyada 2 noyabrdan buyon karantin rejimi amal qilmoqda. Restoran, bar va boshqa ovqatlanish muassasalari kamida  bir oyga yopilgan.

 Fitnes-klublar, tatu-salonlar, basseyn, kosmetika va massaj studiyalari, teatr, kinoteatr va konsert zallari ishlashdan to‘xtagan.

Bahorda joriy etilgan karantin rejimidan farqli ravishda, bolalar bog‘chalari va maktablar, sartaroshxona hamda do‘konlar ishlamoqda.

Mavzuga oid