O‘zbekiston | 10:10 / 20.11.2020
101958
1 daqiqa o‘qiladi

Klara Jalilova olamdan o‘tdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Klara Jalilova 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda «O‘zbekkino» Milliy agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.

«Do‘stlik» ordeni sohibasi Klara Jalilova 1937 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Aktrisa faoliyatini qo‘shiqchilikdan boshlagan. 1958 yilda suratga olingan «Maftuningman» filmidagi bosh qahramon — Yulduzxon obrazi aktrisaga olamshumul mashhurlik olib kelgan.

Klara Jalilova «Chinor ostidagi duel», «Kelinlar qo‘zg‘oloni», «Kulol va xumcha», «So‘nggi lahza» kabi filmlarda ham esda qolarli obrazlar yaratgan.

Kun.uz marhumaning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.