O‘zbekiston | 15:08 / 25.11.2020
17686
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryo tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bugun, 25 noyabr kuni, xalq deputatlari Sirdaryo tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Sirdaryo viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, sessiyada viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Sessiya qaroriga asosan Alijon Muhammadiyev egallab turgan lavozimidan ozod etilib, tuman hokimi lavozimiga Botirjon Mirzaqulov tayinlandi.

Ma'lumot o‘rnida, Botirjon Mirzaqulov 1970 yilning 23 fevralida Sirdaryo tumanida tug‘ilgan. 2005 yilda Guliston davlat universitetini tamomlagan. 2018 yildan shu kunga qadar Sayxunobod tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan. 

Eslatib o‘tamiz, 24 noyabr kuni prezident tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Buxoro viloyatining ikki tumani hamda Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumani rahbarlarini ishdan olish masalasini qo‘ygandi.

Bundan oldin, Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Farrux O‘ktamjonov Sayxunobod tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi

Mavzuga oid