Balida ommaviy ocharchilik kuchaymoqda
Cheklov choralari kuchaytirilishi oqibatida mintaqaga turistlar oqimining keskin kamayishi va kambag‘allashish sababli to‘yib ovqatlanmaslik muammosi shahar hududlarida ham tarqalmoqda.
Indoneziyaning Bali oroli sharqiy hududlarini qamrab olgan ocharchilik koronavirus pandemiyasi sababli kuchaymoqda. Bu haqda Al-Jazeera telekanali xabar berdi.
Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, cheklov choralari kuchaytirilishi oqibatida mintaqaga turistlar oqimining keskin kamayishi va kambag‘allashish sababli to‘yib ovqatlanmaslik muammosi shahar hududlarida ham tarqalmoqda.
Xususan, orolning boshqa hududlarida xizmatlar sohasida ishlaydigan qarindoshlari topgan mablag‘ evaziga kun kechiradigan Karangasem okrugidagi aholi orasida ocharchilikka duch kelganlar soni keskin oshganligi qayd etilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, orol YaIMning 60 foizga yaqini turizm hissasiga to‘g‘ri keladi. Orolda avgust oyida ishsizlik darajasi 5,6 foizga oshgan, 105 ming ish o‘rni yo‘qotilgan.
Buning ustiga, Balida «kovid-kambag‘allar» — ozgina maoshga kun kechirgan, ammo pandemiya sababli ovqatga ham pul topolmay qolganlar soni o‘sgan.
«Ular ilgari ishlagan, ustidagi kiyimi yoki mototsikli yangiligi uchun durustdek ko‘ringan o‘rta toifadagi odamlar bo‘lib, aslida ular ham qashshoq hisoblanadi», — dedi Scholars of Sustenance Foundation Bali xayriya tashkiloti rahbari Dijyey Denton.
Mavzuga oid
09:14 / 28.12.2023
O‘zbekiston Butunjahon suv forumi sessiyasida ishtirok etishni rejalashtiryapti
18:45 / 09.06.2023
Kim Chen In o‘zini o‘ldirayotganlar soni keskin oshgani yuzasidan maxfiy yig‘ilish o‘tkazdi
08:53 / 01.06.2023
Balida bir necha o‘zbekistonlik qo‘lga olindi. Ular giyohvand moddalar savdosida gumonlanyapti
20:15 / 16.05.2023