Twitter AQSh prezidenti akkauntini Baydenga obunachilarsiz topshirishga qaror qildi
Twitter ijtimoiy tarmog‘i AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyatiga tegishli rasmiy akkauntlar saylangan prezident Jo Bayden ma'muriyatiga berilishi vaqtida ulardagi barcha obunachilar o‘chirilishini tasdiqladi.
Avvalroq Bayden shtabi a'zosi Rob Flaerti yangi prezident Twitter’dagi akkauntlar topshirilishi vaqtida obunachilarsiz qolishini ma'lum qilgandi.
Twitter Baydenning 2021 yil 20 yanvardagi inauguratsiyasi kuni Oq uyning @WhiteHouse, @LaCasaBlanca, @POTUS, @VP, @PressSec va @Flotus kabi rasmiy akkauntlarini yangi ma'muriyatga topshiradi.
Twitter’da ta'kidlanishicha, ijtimoiy tarmoq ushbu akkauntlar obunachilarini akkauntlar arxivlanishidan ogohlantiradi va ularga Bayden ma'muriyatining yangi akkauntlarini kuzatishni taklif qiladi.
“Misol uchun, @WhiteHouse’ga obuna bo‘lganlar akkaunt @WhiteHouse45 kabi arxivlanishidan ogohlantiriladi va ularga yangi @WhiteHouse akkauntini kuzatib borish imkoniyati taqdim etiladi”, deyilgan ijtimoiy tarmoq xabarida.
Shu bilan birga, Tramp o‘zining 88 mln obunachiga ega shaxsiy akkaunti @realdonaldtrump’ni saqlab qolishi mumkin bo‘ladi. Biroq Trampga AQSh prezidenti sifatida akkauntini himoyalashda taqdim qilingan funksiyalar saqlanmaydi.
Flaertining ta'kidlashicha, Tramp ma'muriyati 2016 yilda Barak Obamaning akkauntini barcha obunachilari bilan olgan. Uning aytishicha, Twitter’ning hozirgi qarori kompaniyaning o‘zi tomonidan qabul qilingan va unga Tramp ma'muriyatining aloqasi yo‘q.
Mavzuga oid
11:53
Shols Germaniya va AQSh o‘rtasidagi hamkorlikni Tramp bilan muhokama qildi
10:20
Tramp jamoasi «yo‘qotilgan Qrim» haqidagi so‘zlardan bosh tortdi
09:00
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz
08:19