Jahon | 01:03 / 26.12.2020
13424
1 daqiqa o‘qiladi

Alplardagi tog‘ga bo‘laklanib ketish xavf solmoqda

Foto: TU München

Alp tog‘laridagi Xoxfogel tog‘i unda hosil bo‘lgan yoriq sababli bo‘laklanib ketishi mumkin. E'tiborlisi, ushbu tog‘ orqali Avstriya va Germaniya chegarasi o‘tadi. 

Earth Surface nashrida ma'lum qilinishicha, balandligi 2,5 ming metrdan yuqoriroq bo‘lgan tog‘dagi yoriq ancha oldin paydo bo‘lgan va kengayishda davom etmoqda. U yiliga 5 millimetr tezlik bilan kengaymoqda va ba'zi joylarda eni 5 metrgacha yetmoqda. Mutaxassislarning prognoziga ko‘ra, bunday davom etadigan bo‘lsa, ma'lum muddatdan keyin Avstriyadagi Xornbax vodiysiga 260 ming kubmetr tog‘ jinsi qulashi mumkin. Biroq bu qachon yuz berishini aytish qiyin.  

Yoriqning kengayishiga shamol, harorat o‘zgarishi va ko‘plab kuchsiz yer silkinishlari sabab bo‘lmoqda.

Mavzuga oid