Pochettino - «PSJ» bosh murabbiyi bo‘ldi
«Pari-Sen-Jyermen» klubi argentinalik mutaxassis Maurisio Pochettino jamoa bosh murabbiyiga aylanganini rasman e'lon qildi.
48 yoshli murabbiy bilan 2022 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolangan. Pochettino avvalroq iste'fosi e'lon qilingan Tomas Tuxel o‘rnini egalladi.
Argentinalik mutaxassis 2019 yilning noyabr oyida «Tottenhem»dan iste'foga chiqarilgach, hech qayerda faoliyat yuritmayotgandi.
Parij klubi Fransiya chempionati 17-turidan keyin 35 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. Klub YeChL 1/8 final bosqichida «Barselona»ga qarshi maydonga tushadi.
«PSJ» sobiq futbolchisi sanalmish Pochettino murabbiy sifatida klubdagi debyutini 6 yanvar kuni «Sent-Etena»ga qarshi o‘tkazadi.
Ma'lumot uchun, Maurisio 2001-2003 yillar davomida Parij klubi safida to‘p surib, 2001 yilda Intertoto kubogida zafar quchgan.
Mavzuga oid
12:28 / 19.09.2024
«Siti» gol urolmadi, «PSJ»ga kulgili gol yordam berdi. YeChLda kun o‘yinlari
23:48 / 10.05.2024
«7 yillik faoliyatimdan keyin menga yangi chaqiruv kerak». Mbappe «PSJ»ni tark etishini rasman e’lon qildi
16:27 / 15.03.2024
YeChL chorakfinal va yarimfinaliga qur’a tashlandi
19:44 / 04.02.2024