O‘ttizdan ortiq davlatda koronavirusga qarshi emlash boshlandi – JSST
Isroilda har 100 kishiga 15,83ta emlash to‘g‘ri keladi.
Aholini koronavirusga qarshi emlash ishlari 30dan ortiq davlatda boshlandi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lum qildi.
JSST o‘tgan haftada favqulodda holatlarda qo‘llash uchun ruxsat berilgan vaksinalar ro‘yxatini e'lon qilgandi. Bular Pfizer va BioNTech vaksinasidir.
"Kecha dastlabki mamlakatda AstraZeneca vaksinasi bilan emlash boshlanganini ko‘rish yoqimli bo‘ldi. JSST bu virus avj olgani to‘g‘risidagi hisobotini e'lon qilganidan bir yil o‘tgach, 30dan ortiq mamlakat o‘z aholisini koronavirusga qarshi turli vaksinalar bilan emlashni boshladi", - deyiladi JSST xabarida.
Avvalroq koronavirusga qarshi emlash bo‘yicha mamlakatlar reytingi e'lon qilingandi. Bunda emlanganlar soni emas, balki har 100 kishiga to‘g‘ri kelgan emlashlar soni hisobga olingan.
Ushbu reytingda Isroil yetakchilik qilmoqda – mamlakatdagi har 100 kishiga 15,83ta emlash to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
19:15 / 15.11.2024
JSST: 2018 yildan beri dunyoda tibbiyot muassasalariga 7,4 mingdan ortiq hujum uyushtirildi
18:19 / 13.11.2024
JSST maktab o‘quvchilariga yuklama ortib borayotganidan xavotirda
18:52 / 08.11.2024
Har yili dunyoda 1 milliarddan ortiq bola zo‘ravonlikka duchor bo‘lmoqda - JSST
17:48 / 01.11.2024