O‘zbekiston | 14:40 / 06.01.2021
36303
1 daqiqa o‘qiladi

Transport vaziri o‘rinbosari ishdan olindi

Transport vaziri o‘rinbosari Davron Dehqonov ishdan ketdi. Kun.uz manbasi xabar berishicha, 4 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan yig‘ilishdan keyin prezident Shavkat Mirziyoyev Dehqonovni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonini imzolagan.

Davron Dehqonov muqaddam O‘zbekiston avtomobil transporti agentligiga rahbarlik qilgan, 2019 yil fevralida ushbu agentlik negizida Transport vazirligi tashkil etilgach, vazir o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Bundan avvalroq 4 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan yig‘ilishdan keyin prezident farmoni bilan Uy-joy kommunal xo‘jalik vaziri Muzaffar Soliyev lavozimidan ozod etilgani, qurilish vaziri Botir Zokirov ogohlantirilgani, transport vazirining yana bir o‘rinbosari, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Abdurahmon Abduvaliyevga hayfsan berilgani haqida xabar qilingandi.

Mavzuga oid