O‘zbekiston | 10:03 / 15.01.2021
13516
1 daqiqa o‘qiladi

Manba: Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili o‘zgarishi kutilmoqda

Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘zgarishi kutilyapti. Bu haqda Kun.uz axborot manbalari xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili Ulug‘bek Muhammadiyevning o‘rniga yangi rahbar saylanishi kutilmoqda. Bu parlament yig‘ilishida ro‘y berishi mumkin. Senat qo‘mitalaridan birining raisi yangi ombudsman bo‘lishi kutilyapti. 

Ulug‘bek Muhammadiyev 2015 yilda Oliy Majlis inson huquqlari bo‘yicha vakili lavozimiga saylangandi. Muhammadiyev bu lavozimda 1995 yildan buyon ishlab kelgan Sayyora Rashidovaning o‘rnini egallagan.

Ulug‘bek Muhammadiyev 1971 yilda tug‘ilgan bo‘lib, 1993 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan, siyosiy fanlar nomzodi sanaladi. 

Mavzuga oid