Turkmanistonda "Sputnik V" vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazildi
Avvalroq mazkur vaksina Argentina, Boliviya, Serbiya, Jazoir, Falastin, Venesuela va Paragvayda tezlashtirilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgandi.
Turkmaniston Rossiyaning koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi, deb xabar berdi Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondi.
"Turkmaniston o‘z hududida "Sputnik V" vaksinasini qo‘llashni rasman ma'qullagan Markaziy Osiyodagi birinchi mamlakat bo‘ldi", - deyiladi fond xabarida.
Qayd etilishicha, "Sputnik V" vaksinasi Turkmaniston hududida qo‘shimcha klinik tadqiqotlar o‘tkazmasdan tezlashtirilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Avvalroq mazkur vaksina Argentina, Boliviya, Serbiya, Jazoir, Falastin, Venesuela va Paragvayda tezlashtirilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgandi. "Sputnik V" vaksinasi, shuningdek, Belarusda ham ma'qullangan.
Mavzuga oid
16:23 / 28.10.2024
Turkmaniston Rossiyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi
22:15 / 25.10.2024
BMT Markaziy Osiyoni «Tinchlik, ishonch va hamkorlik hududi» deb e’lon qildi
18:51 / 12.10.2024
Ashxoboddagi ko‘chaga prezidentni davolagan nemis shifokorining nomi berildi
13:35 / 08.10.2024