O‘zbekiston | 09:24 / 22.01.2021
7337
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona vodiysida Qirg‘izistondagi yer silkinishi kuchi sezildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, 2021 yil 22 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:02da Qirg‘izistonda yer silkinishi qayd etildi.

Yer silkinishi koordinatalari: 39,48 gradus shimoliy kenglik; 72,67 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,3. Chuqurlik 10 km. 

Yer silkinishi episentridan Toshkentgacha masofa 353 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Yer silkinishi O‘zbekiston hududida:

  • Andijon: 147 km, 2 ball;
  • Farg‘ona: 126 km, 2 ball.

Mavzuga oid