Jahon | 15:34 / 24.01.2021
5527
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya uchinchi lokdaunga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Navbatdagi karantin e'lon qilinishiga Fransiyada koronavirusning  "britancha" turi shitob bilan tarqalishi va JARda aniqlangan yangi shtammi sabab bo‘lmoqda.

Foto: AP Photo/Bob Edme

Fransiyada yaqin vaqt ichida koronavirus sababli uchinchi marta karantin e'lon qilinishi mumkin, deb xabar bermoqda Le Journal du Dimanche gazetasi.

 Xabarda aytilishicha, hozirda yangi lokdaun muddati va cheklovlar turlari muhokama qilinmoqda. Navbatdagi karantin e'lon qilinishiga Fransiyada koronavirusning  "britancha" turi shitob bilan tarqalishi va JARda aniqlangan yangi shtammi sabab bo‘lmoqda.

Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron yangi cheklovlar bo‘yicha 27 yanvar kuni chiqish qilishi kutilmoqda.

Yangi karantin rejimi kelasi hafta oxirigacha kuchga kiradi va nashr manbalarining so‘zlariga ko‘ra, "kamida uch hafta davom etadi".

Mavzuga oid