Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq boshlig‘i hibsga olindi
Segizbayev Bishkek ichki ishlar bosh boshqarmasi izolyatoriga joylashtirilganligi xabar qilinmoqda.
Qirg‘iziston prezidentligiga sobiq nomzod va davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbari Abdil Segizbayev hibsga olindi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, u Jogorku Kenesh deputatlarini obro‘sizlantirishda ayblanmoqda.
Bosh prokuraturaning ma'lumot berishicha, 14 yanvar kuni Jogorku Kenesh sobiq deputati Almambet Shikmamatov ariza bilan murojaat qilgan.
Qayd etilishicha, uning arizasi asosida Segizbayevga nisbatan Jogorku Kenesh deputatlari Almambet Shikmamatov, Aida Salyanova va Omurbek Tekebayevni mamlakat aholisi oldida obro‘sizlantirish, ularni jinoyat qilganlikda qasddan ayblash fakti bo‘yicha Jinoyat kodeksining 320-moddasiga muvofiq (lavozimini suiiste'mol qilish) sudga qadar surishtiruv ishi ro‘yxatga olingan.
Segizbayev Bishkek ichki ishlar bosh boshqarmasi izolyatoriga joylashtirilganligi xabar qilinmoqda.
"Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasining harbiy prokuratura bilan hamkorlikda olib borgan sudga qadar surishtiruvi davomida Abdil Segizbayevning ushbu jinoiy harakatlarni sodir etganligi aniqlanganligi munosabati bilan u respublika Jinoyat-protsessual kodeksining 98-moddasi tartibida hibsga olindi", - deyiladi bosh prokuratura xabarida.
Avvalroq mamlakat bosh prokuraturasi Segizboyevni yerlarni noqonuniy o‘zlashtirish va u yerlarda binolar qurish hamda keyinchalik ularni yaqin qarindoshlari nomiga o‘tkazish bilan shug‘ullanganlikda ayblab jinoyat ishi ochgandi.
Mavzuga oid
20:44 / 26.09.2024
Sadir Japarov Asqar Akayevning Qirg‘iziston prezidenti lavozimida qilgan uchta asosiy xatosini aytdi
09:55 / 25.09.2024
Saidikrom Niyozxo‘jayev O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi etib tayinlandi
20:32 / 24.09.2024
Qirg‘izistonda Asqar Akayevga sobiq prezident maqomini qaytarish rad etildi
18:49 / 20.09.2024