Navoiy viloyatida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 3 kishi vafot etdi
Kecha, 28 yanvar kuni, soat tungi 22:30larda Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi Poyga qishlog‘ida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, Cobalt avtomobilining yo‘ldan chiqib ketishi oqibatida mashinada bo‘lgan 4 nafar fuqaro jabrlangan. Uch kishi voqea joyida vafot etgan.
1995 yilda tug‘ilgan F.M. Nurota tuman tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga keltirilgan. Unga bosh miya chayqalishi, o‘ng boldir o‘rta uchligidan yopiq sinib siljishi, ko‘z atrofi va ko‘zosti gematomasi, yuz qo‘llar va tanadagi ko‘plab shilingan jarohati tashxisi qo‘yilgan.
Bemorning ahvoli og‘ir, tegishli tibbiy standartlar asosida davo muolajalari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi
07:35 / 27.07.2024