Sergeli tumanida skuter haydovchisi halok bo‘ldi
2021 yil 26 yanvar kuni taxminan soat 11:00larda Sergeli tumani, Toshkent halqa avtomobil yo‘lidagi ko‘prikda 28 yoshli N.L. “Lifan” rusumli skuterni boshqarish davomida transport vositasining boshqaruvini yo‘qotib, ag‘darilgan.
Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasiga ikki g‘ildirakli transport vositasining yog‘ingarchilikdan keyin yo‘lda muvozanatni yo‘qotishi sabab bo‘lgan.
YTH oqibatida skuter haydovchisi voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.
“Hurmatli skuter va mopedlar haydovchilari! Unutmang, mazkur transport vositalari himoyalanmagan hisoblanib, kichik to‘qnashuvlar ham og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Iltimos, shlem, tirsak, tizza anjomlari va qo‘lqoplarni taqing. Yomg‘ir yoki qordan so‘ng yo‘lga chiqmoqchi bo‘lsangiz, yanada e'tiborli bo‘lib, ob-havo sharoitiga muvofiq tezlikda harakatlaning. Salomatligingizni va hayotingizni asrang”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
09:53 / 03.11.2024
Toshkentda Spark bilan to‘qnashgan Matiz ag‘darilib ketdi
10:50 / 31.10.2024
Toshkentda Tracker va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
20:58 / 28.10.2024
Samokat boshqarishda sodir etilgan huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi
11:22 / 13.10.2024