Jahon | 19:42 / 01.02.2021
2782
2 daqiqa o‘qiladi

Italiyaning aksariyat hududlarida koronavirus sababli kiritilgan cheklovlar yumshatildi

Cheklov choralari yumshatilishi doirasida bar va restoranlarga ish boshlashga ruxsat berildi. Ular mahalliy vaqt bilan soat 18:00gacha xizmat ko‘rsatishi mumkin. Muzey va arxitektura obektlari ham o‘z faoliyatini boshlaydi.

Foto: Guglielmo Mangiapane/Reuters

Italiyaning aksariyat hududlarida koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish uchun joriy etilgan cheklov choralari qisman bekor qilindi.

Gap xavf darajasi "to‘q sariq"dan "sariq"qa tushirilgan, ya'ni koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilangan 16 region xususida bormoqda. Ular orasida Rimni o‘z ichiga olgan Latsio va Milan joylashgan Lombardiya regionlari bor.

Cheklov choralari yumshatilishi doirasida bar va restoranlarga ish boshlashga ruxsat berildi. Ular mahalliy vaqt bilan soat 18:00gacha xizmat ko‘rsatishi mumkin. Muzey va arxitektura obektlari ham o‘z faoliyatini boshlaydi.

Vatikanda ham dushanbadan qariyb 90 kundan buyon ishlamayotgan muzeylar va Sikstin kapellasi ochiladi. 

 Shu bilan birga, Apuliya, Sardiniya, Sitsiliya, Umbriya va Bolsano oblastlari "to‘q sariq hududlar" deb e'tirof etilgan.  

 Italiyada pandemiya davomida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 2,5 milliondan oshgan, 88,5 mingga yaqin kishi vafot etgan.

Mavzuga oid