Jahon | 15:19 / 09.02.2021
3834
2 daqiqa o‘qiladi

Eron koronavirusga qarshi ikkinchi vaksinasini taqdim etdi

 Yaqin kunlarda Razi ilmiy-tadqiqot instituti vaksinasini odamlarda sinovdan o‘tkazish boshlanadi.

Foto: AFP via Getty Images

Eron hukumati koronavirusga qarshi Razi Cov Pars deb nomlangan ikkinchi vaksinasini taqdim etdi. Bu haqda Eron vaksinalar bo‘yicha milliy qo‘mitasi ma'lum qildi, deb xabar bermoqda AFP.

 "Yaqin kunlarda, uzog‘i bilan bir haftadan keyin odamlarda sinovdan o‘tkazishni boshlaymiz", - dedi Eron vaksinalar bo‘yicha milliy qo‘mitasi a'zosi Masud Sulaymoniy.

 Uning ma'lum qilishicha, Razi Cov Pars deb nomlangan vaksina Razi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan.

 Klinik sinovlarning birinchi bosqichida 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan 13 nafar ko‘ngilli ishtirok etadi.

 Xabar qilinishicha, Eron o‘zining birinchi mahalliy vaksinasini dekabr oxirlarida sinovdan o‘tkazishni boshlagan. 

 Eron sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 1,4 millionga yaqinlashgan, 58,5 mingdan ortiq kishi kasallikdan vafot etgan.

Mavzuga oid