Sport | 00:55 / 12.02.2021
8718
1 daqiqa o‘qiladi

«Bavariya» - klublar o‘rtasida jahon chempioni 

Foto: Twitter/FCBayern

 

Qatarda klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yakuniga yetdi. Finalda YeChL g‘olibi «Bavariya» KONKAKAFning eng kuchli jamoasi «Tigres» ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi. Benjamin Pavarning yagona goli nemis klubiga ikkinchi bor jahon chempionlikni taqdim etdi.

Shu tariqa myunxenliklar o‘tgan mavsum hisobidan 6-sovrinni ham qo‘lga kiritishdi va 2009 yili «Barselona» tomonidan o‘rnatilgan rekordni takrorlashdi. 

Klublar o‘rtasidagi JCh, final

Bavariya — Tigres 1:0
11 fevral, «Al Rayyan» stadioni

Gol: Pavar (59).
Bavariya – Noyyer, Zyule, Devis, Pavar, Alaba, Koman (Duglas Kosta, 74), Kimmix, Sane (Musiala, 73), Gnabri (Tolisso, 64), Lyuka Ernandes, Levandovski (Shupo-Moting, 73). 
Tigres – Gusman, Reyyes, Salsedo, Rodriges (Kinones, 80), Pisarro, Duenyas, Akino, Rafael Karioka, Kinones, Gonsales, Jinyak.
Ogohlantirishlar: Duenyas (42), Rodriges (69), Rafael Karioka (90).

Mavzuga oid