O‘zbekiston | 11:12 / 13.02.2021
5708
1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda yuz bergan YTH oqibatida piyoda vafot etdi

Joriy yil 10 fevral kuni soat 12:10larda, Kosonsoy-Iskovot yo‘lining 14-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, “Damas” avtomashinasini ishonch qog‘ozi bilan boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lning chap tomoniga burilayotib, harakat yo‘nalishiga nisbatan yo‘lning o‘ng tomonida turgan piyoda, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashagan, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.

Natijada, piyoda og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid