«O‘zstandart» agentligi bosh direktori o‘rinbosarlari ishdan olindi
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining ikki o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
«O‘zstandart» bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Javlon Kattaxo‘jayev va direktor o‘rinbosari Rustam Kiyamov ishdan bo‘shatildi. Bu ma'lumotni Kun.uz’ning agentlikdagi manbalari tasdiqlashdi.
Shuningdek, Sertifikatlashtirish va laboratoriya majmualarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Inog‘omov va «O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi» davlat korxonasi («UzTest» DK) direktori Oqilbek Mustafoyev ham o‘z vazifalaridan ozod etilgan.
Ma'lumot uchun, Javlon Kattaxo‘jayev va Rustam Kiyamov bir vaqtda - 2019 yil aprelida «O‘zstandart» agentligida ish boshlashgandi.
Mavzuga oid
12:19 / 03.06.2021
«O‘zstandart» agentligi tugatilib, o‘rniga yangi agentlik tashkil etilmoqda
17:23 / 09.04.2021
Tojikistonlik metrolog mutaxassislar O‘zbekistonda malaka oshirishmoqda
10:40 / 16.02.2021
«O‘zstandart» agentligi faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi
12:28 / 15.01.2021