Fan-texnika | 00:04 / 22.02.2021
9156
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy smartfonlar uchun yuqori quvvatli simsiz quvvat oluvchilarni taqiqlashga tayyorlanmoqda

Xitoy rasmiylari eng tezkor simsiz quvvat olish uchun smartfon ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobatni to‘xtatish to‘g‘risidagi qonunni ishlab chiqmoqdalar.

Rejaga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvardan boshlab Xitoyda sotilgan va ishlatilgan barcha mobil va ko‘chma simsiz qurilmalar maksimal 50 vatt quvvatga ega bo‘lishi kerak. Bu haqda hozirda jamoat muhokamasiga qo‘yilgan qonun loyihasida aytib o‘tilgan.

Bundan tashqari, hujjatlarda mobil va ko‘chma zaryadlovchilar faqat 1002-148,5 kGs, 6765-6795 kGs va 13553-13567 kGs diapazonlarida ishlashi kerakligi aytilgan.

50Vt simsiz zaryadlovchi qurilmalar endi xayol emas. Xitoylik ishlab chiqaruvchilar shu kabi zaryadlovchilarni chiqarmoqdalar va smartfonlar ularni qo‘llab-quvvatlayaptilar.

Mavzuga oid