Uch sotix yerdan unumli foydalanayotgan karmanalik gulchilar oilasi
Navoiy viloyati Karmana tumanidagi Talqoq mahallasida istiqomat qiluvchi Ahadovlar oilasi 15 yildan buyon gulchilik ortidan ro‘zg‘or tebratishadi.
Ularning hovlisidagi 3 sotix maydonda qishin-yozin gullar o‘stiriladi. Gullar parvarishi bilan oila a'zolari shug‘ullanishadi.
Xonadon bekasi Dilbar Ahadovaning so‘zlab berishicha, gulchilik ortidan 3ta ro‘zg‘orning kuni o‘tmoqda.
Oila boshlig‘i Suvon Ahadov gullarning urug‘i va ko‘chatlari Toshkentdan keltirilishini, yetishtirilayotgan gullarga asosan Navoiy, Buxoro viloyatlari hamda Samarqand viloyatining g‘arbiy tumanlari xaridor bo‘lishini aytib o‘tdi.
Gullar bahorgi bayramlarda va kuz fasli boshlanishida yanada xaridorgir bo‘ladi. Bu yerda yetishtirilayotgan gullar navi va katta-kichikligiga qarab 5 ming so‘mdan 100 ming so‘mgacha sotiladi.
Qishda o‘tin bilan isitiladigan issiqxonada ayni paytda 80 turdan ortiq gul yetishtirilmoqda.
Oila tadbirkorlik turini yanada kengaytirmoqchi. Ular qulupnay yetishtirishni ham rejalashtirmoqda.
Issiqxonada o‘stirilayotgan anvoyi gullarga xaridorlar ko‘p. Bu gullar har qanday xonadon bezagiga aylana oladi.
Ruslan Saburov tayyorladi.
Mavzuga oid
16:34 / 12.10.2024
Karmana tumani hokimi intizomiy jazoga tortildi
19:51 / 13.03.2024
Karmanadagi uyda yuzaga kelgan holatga bazalt qoplamasi suvga bo‘kishi sabab bo‘lgan
14:18 / 13.03.2024
Karmanadagi “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilgan “dom”ning suvog‘i ko‘chib tushdi
11:53 / 08.03.2024