Jamiyat | 22:51 / 13.03.2021
11519
1 daqiqa o‘qiladi

Taxtiqoracha dovoni vaqtincha yopildi

Taxtiqoracha dovonida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar qilmoqda.

IIV YHXBB tomonidan ma'lum qilinishicha, bunga ko‘p miqdorda qor yog‘ayotgani va noqulay ob-havo sabab bo‘lgan.

«Ob-havo o‘zgarib, qor yog‘ishda davom etayotganligi sababli, turli ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi «Taxtiqoracha» dovonida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatildi», - deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, Taxtiqorachadan o‘tgan yo‘l M39 Olmaota-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining bir qismi hisoblanadi.

Mavzuga oid