O‘zbekiston | 09:51 / 15.03.2021
12368
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zstandart» o‘yinchoq to‘plami bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi

«O‘zstandart» agentligi yosh onalarga «qurolli o‘yinchoqlar to‘plami» bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi.

Agentlik xabariga ko‘ra, mahsulot jiddiy kimyoviy tahdidga ega hisoblanadi.

Ta'kidlanishicha, mahsulot nomi - Shooting Game, ishlab chiqaruvchi davlat -  Xitoy. To‘plam plastik nishon, o‘yinchoq telefon, plastik o‘yinchoq to‘pponcha va 3ta so‘rg‘ichli snaryadlardan iborat.

Xavfli tomoni - o‘yinchoqning o‘q so‘rg‘ichlarida ortiqcha miqdordagi bis (2-etilgeksil) ftalat (DEHP) (o‘lchov qiymati - og‘irligidan 5,1 foiz) va dibutilftalat (DBP) (o‘lchov qiymati - og‘irligidan 11 foiz) mavjud. Ushbu ftalatlar yosh bolalar sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lib, reproduktiv tizimiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Mahsulot REACH qoidalari talablariga javob bermaydi.

«O‘zstandart» ma'lumotiga ko‘ra, xabarnoma Vengriyadan tarqatilgan.

Mavzuga oid