Pekinga qum bo‘roni yopirildi. 400dan ko‘proq aviareys bekor qilindi
15 mart kuni Pekinning Shoudu va Dasin xalqaro aeroportlarida Xitoy poytaxtiga qum bo‘roni yopirilgani sababli 428ta reys bekor qilindi.
PanPay axborot portali ma'lumotlariga ko‘ra, dushanba kuni Pekin aeroportida 1141ta reysni amalga oshirish belgilangandi, biroq ulardan 247tasi bekor qilindi. Dasinda esa 15 martga belgilangan 846ta reysdan 181tasi qoldirilgan.
Pekinga qum bo‘roni 15 mart ertalab yopirilgan. Xitoy poytaxtining ba'zi tumanlarida atmosferadagi mayda qattiq jismlar miqdori bir kub metrga 8000 mikrogrammdan oshgan, bu esa Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘rnatgan maksimal mumkin bo‘lgan me'yordan (50 mikrogramm/kubometr) 160 marta ko‘proqni tashkil qiladi.
Qum bo‘roni, shuningdek, yo‘llarda tirbandliklarga olib kelgan, shaharda ko‘rish darajasi ming metrdan oshmayapti. Pekin ma'muriyati bo‘ron tufayli xavflilikning sariq darajasini e'lon qilgan. Shuningdek, ochiq havoda o‘tkazish belgilangan tadbirlarni bekor qilish va zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslik tavsiya qilingan.
Ob-havo mutaxassislarining prognoziga ko‘ra, qum bo‘roni 16 mart ertalabgacha davom etadi.
Mavzuga oid
13:00 / 09.10.2024
Botqoqlikdan turistik maskanga aylantirilgan daryo. Pekin buni qanday uddaladi?
10:09 / 29.04.2024
Ilon Mask Pekinga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi
11:32 / 24.01.2024
Pekinda «Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi» balet spektakli namoyishi bo‘lib o‘tdi
12:28 / 03.11.2023