O‘zbekiston | 11:42 / 23.03.2021
2205
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda maktab binosini qurishdagi talon-torojlik fosh etildi

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida maktab binosini qurishda 149 million so‘m budjet mablag‘lari talon-toroj qilingan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma'lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Boyovut tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «B.B.» MChJ tomonidan Yangiyer shahridagi umumiy o‘rta ta'lim maktabi binosini qurishda amalda bajarilmagan 149 mln so‘mlik ishlarni hujjatlarga qo‘shib yozish orqali budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlangan.

Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbari I.R. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Mavzuga oid