O‘zbekiston | 20:27 / 25.03.2021
11892
2 daqiqa o‘qiladi
Toshkent moliya institutida o‘qish koronavirus sabab masofaviy shaklga o‘tkazildi
Toshkent moliya institutida darslar 26 martdan 8 aprelga qadar (14 kun) masofaviy shaklga o‘tkaziladi. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar qildi.
Ta'kidlanishicha, bu koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida amalga oshirilgan.
Xabarga ko‘ra, 2 haftalik masofaviy ta'lim talabalar uchun e'lon qilinmoqda, institut professor-o‘qituvchilari karantin qoidalariga rioya etgan holda vazifalarini olib borishadi.
- O‘zbekistonda mart oyi o‘rtalariga kelib epidemiologik vaziyat yomonlasha boshladi. SSV ma'lumotiga ko‘ra, 24 mart kuni kunlik o‘sish bo‘yicha yil boshidan buyon eng yuqori natija qayd etildi (138ta yangi kasallanish holati), shuningdek, Toshkent shahrida kunlik kasallanish ko‘rsatkichlari so‘nggi oylarda ilk marta yuzdan oshdi. Poytaxtda koronavirusga chalinish holatlari, asosan, o‘quvchilar, talabalar va tashkilot xodimlari orasida ko‘paygan.
- Avvalroq Toshkent transport universitetining Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti talabasida koronavirus aniqlangani sabab fakultet talabalari masofaviy ta'limga o‘tkazilgani xabar qilingandi. Shuningdek, Toshkentdagi Inha universiteti talabasida koronavirus aniqlangani sabab ikki hafta karantinga yopilgandi.
Mavzuga oid
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda
23:06 / 16.01.2023