Jahon | 16:30 / 27.03.2021
6189
2 daqiqa o‘qiladi

Mozambikda jangarilar butun boshli shaharni egallab olish uchun hujum uyushtirdi 

Guvohlardan birining so‘zlariga ko‘ra, «deyarli butun shahar vayron bo‘lgan, ko‘plab odamlar halok bo‘lgan».  

Jangarilarning Mozambikdagi Palma shahrini o‘z nazoratlari ostiga olishga urinib uyushtirgan hujumlari fonida 180dan ortiq kishi shahardagi Amarula mehmonxonasini tark eta olmayapti. Bu haqda mamlakat xavfsizlik kuchlaridagi manbalariga tayanib, AFP agentligi xabar bermoqda. 

Ularning ma'lumot berishicha, mehmonxonada xorij fuqarolari ham bor. Hujum Mozambik hukumati va Fransiyaning «Total» neft kompaniyasi «Afunji» majmuasida qiymati 23 mlrd dollarlik ishlar boshlashi haqida e'lon qilganidan so‘ng amalga oshirilgan.  

Guvohlardan birining so‘zlariga ko‘ra, «deyarli butun shahar vayron bo‘lgan, ko‘plab odamlar halok bo‘lgan».  

Mahalliy aholi yaqin atrofda joylashgan o‘rmonga qochib ketgan, neft kompaniyasi xodimlari mehmonxonaga yashirinib olgan. Harbiylar terrorchilarni shahardan siqib chiqarishga harakat qilmoqda. 

«Ash-Shabob» va «IShID Markaziy Afrika viloyati» terrorchilik guruhlari Mozambik hududida o‘z davlatlarini tashkil etishni maqsad qilgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, 2,6 mingdan ortiq kishi jangarilar hujumlari qurboniga aylangan.

Mavzuga oid