Bekobodda er-xotinni shantaj qilgan 15 yoshli qiz ushlandi
2021 yilning 25 mart kuni Toshkent viloyati Bekobod shahar IIB boshlig‘i nomiga fuqaro 36 yoshli Muhammadorif G. ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.
U turmush o‘rtog‘ining muqaddam foydalangan abonent raqamidan noma'lum ayol qo‘ng‘iroq qilib, turmush o‘rtog‘i Shahlo V. bilan unga tegishli, sir saqlanishi lozim bo‘lgan o‘zaro surat va videoyozuvlarni internet orqali tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, 5 000 000 so‘m pul berishini talab qilayotganini bildirgan.
Qayd etilishicha, Bekobod shahar 14-dahasi hududidagi “Ziyoda” to‘yxonasi yaqinida taksi haydovchisi orqali berib yuborilgan 500 AQSh dollarini noma'lum ayol tovlamachilik yo‘li bilan olayotganida IIB xodimlari tomonidan ushlanib, undan 500 AQSh dollar ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 9-sinf o‘quvchisi, 15 yoshli Marjona X. sodir etgani aniqlanib, u Shahlo V.ga tegishli bo‘lgan abonent raqamni sotib olib, ushbu raqamga “Telegram” ochib, eski xotiralarni tiklashi natijasida o‘zga shaxslarning foto va videolarini qo‘lga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Bekobod shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan voyaga yetmagan Marjona X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat kodeksi normalariga ko‘ra, bu turdagi jinoyatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
Mavzuga oid
12:43 / 06.09.2024
Bekobodda ish vaqtida vafot etgan “elektroset” xodimi uchun 340 mln so‘m undirib berildi
18:36 / 13.08.2024
Bekobodda 5-qavatdan tushib ketib vafot etgan ayolning eri 9 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
18:01 / 26.06.2024
Bekobodda IIB binosidagi o‘lim holati bo‘yicha bir xodim qamoqqa olindi
19:14 / 21.06.2024