O‘zbekiston | 20:01 / 30.03.2021
10801
2 daqiqa o‘qiladi

«Men hokim sifatida tayyorman» - Shuhrat Abdurahmonov hokimlar saylovi haqida

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Kun.uz'ga bergan intervyusida hokimlarni saylash masalasi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

«Bu ham bo‘ladi. Menda bu bugun yoki ertaga bo‘ladi, deydigan vakolat yo‘q. Lekin men hokim sifatida tayyorman. 

Oldingi hokimlik bilan hozirgi hokimlik o‘rtasida katta farq bor. Avval na moliyaviy, na boshqa tomondan hech narsamiz bo‘lmagan, shunday holatda hokimlik qilganmiz. 2016 yildan keyin - hozirgi jarayonda moliyaviy imkoniyatimiz ham bor, masalani bevosita o‘zimiz hal qilamiz, viloyat hududidagi hamma masalaga hokimning o‘zi javobgar. Shunday mas'uliyatni yelkamni his qilib turibman. Bu hokimlarning salohiyati yetmasligidan emas. 

Yuqoridan kelayotgan hamma topshiriqlar ham, hokimlarning o‘zi qilayotgan ishlar ham bitta maqsadni ko‘zlagan - xalqimizni rozi qilish», deydi Andijon viloyati hokimi.

Avvalroq, Andijon viloyatini 2013 yildan buyon boshqarib kelayotgan Shuhrat Abdurahmonov Islom Karimov va Shavkat Mirziyoyev prezidentligidagi faoliyatini o‘zaro taqqoslagandi.

To‘liq intervyuni YouTube'dagi kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.

Mavzuga oid