«Migration consulting agency» XBA faoliyati yana to‘xtatildi
«Migration-consulting-agency-xususiy bandlik agentligi» MChJning litsenziyasi sud qaroriga asosan vaqtincha bekor qilindi. Agentlik faoliyati noyabr oyida ham yetarli zaxira mablag‘i bo‘lmagani uchun vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasida yetarli zaxira mablag‘larni shakllantirmagan xususiy bandlik agentligi – «Migration-consulting-agency»ning litsenziyasi vaqtincha bekor qilindi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborotiga ko‘ra, agentlik litsenziyani 2019 yil 6 martda olgan. Ushbu litsenziya jamg‘armada yetarli zaxira mablag‘lari bo‘lmagani bois Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2021 yil 9 martdagi hal qiluv qaroriga asosan vaqtincha to‘xtatilgan.
Agentlik faoliyati hisobraqamida BHMning 8500 baravari miqdoridagi mablag‘larni zaxira qilgunga qadar to‘xtatib turiladi.
2020 yil 13 avgustda yangi tahrirda qabul qilingan «Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida» qonunga asosan, O‘zbekistondan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun xususiy bandlik agentliklari zaxira qilinadigan summa sarflangan taqdirda mablag‘larning o‘rnini to‘ldirish, shuningdek, litsenziya tugatilgan yoki bekor qilingan taqdirda mablag‘ni qaytarish shartlari bilan BHMning 8500 baravari miqdoridagi mablag‘larni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasida zaxira qilib qo‘yilishi belgilangan.
«Migration-consulting-agency» xususiy bandlik agentligining litsensiyasi zaxira mablag‘lari yetarli bo‘lmagani sababli 2020 yil noyabr oyida ham vaqtincha to‘xtatilgan edi. O‘shanda yuqoridagi qonun talabini bajarmagan 20ta XBA faoliyati vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgandi.
Yil boshida sud va litsenziyalovchi organning qarorlari bilan 3 ta XBA faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan, 4 tasiniki bekor qilingan edi.
Mavzuga oid
13:59 / 09.02.2021
To‘rtta xususiy bandlik agentligining litsenziyasi bekor qilindi, yana uchtasiniki to‘xtatildi
19:10 / 28.11.2020
Xususiy bandlik agentliklarida Koreyaga migrantlarni yuborishga vakolat yo‘q – Migratsiya agentligi
09:30 / 28.11.2020
13 ta xususiy bandlik agentligi hammasi bo‘lib nechta odamni aldagani ma'lum qilindi
20:06 / 27.11.2020