Navoiyda tarbiyalanuvchilarni urgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyachi bolalarni urayotgani aks etgan video lavha tarqaldi. Mazkur holat Karmana tumanidagi 2-sonli davlat MTTda sodir etilganligi ma'lum bo‘ldi.
Navoiy viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasining munosabatiga ko‘ra, 16 mart kuni Karmana tumanidagi 2-sonli davlat MTTning «Boychechak» guruhi tarbiyachisi Muhayyo Bo‘ranova pedagogik etikaga rioya qilmagan holda ayrim tarbiyalanuvchilarga nisbatan qo‘pol xatti-harakatlar sodir etgan.
Karmana tuman Maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri Nafisa Xalilova 18 mart kuni holatni MTT direktori, ayrim ota-onalar va boshqa mas'ullar ishtirokida kuzatuv kamerasining xotirasini ko‘zdan kechirish orqali o‘rganib chiqqan. Tarbiyachi Muhayyo Bo‘ranovaning bolalarga nisbatan sodir etgan ushbu xatti-harakatiga qonuniy baho berish uchun videolavha Karmana tuman IIBga yuborilgan.
Ta'kidlanishicha, ish beruvchi Muhayyo Bo‘ranova bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilgan. Shuningdek, tashkilotda nazoratni susaytirib yuborganligi uchun MTT direktoriga «hayfsan» intizomiy jazosi qo‘llanilgan.
Mavzuga oid
09:52 / 11.09.2024
Ayol kishining suratlarini internetga qo‘yib intim xizmatlar taklif qilgan shaxs ushlandi
15:13 / 09.09.2024
Navoiyda ikki o‘quvchining umriga zomin bo‘lgan haydovchi 5 yilga qamaldi
16:47 / 07.08.2024
Navoiyda aliment to‘lashdan qochib yurgan ota choyxonadan topildi
15:47 / 23.07.2024