Jahon | 23:04 / 31.03.2021
5602
1 daqiqa o‘qiladi

Sud Belgiya hukumatiga karantinni bekor qilish talabini qo‘ydi

Bryusseldagi birinchi instansiya sudi davlatga pandemiyaga qarshi kurash doirasida kiritgan cheklovlarni 30 kun ichida bekor qilish majburiyatini qo‘ydi. Sudning qaror qilishicha, hukumatda bunday choralarni kiritish uchun “huquqiy asos bo‘lmagan”. 

Foto: REUTERS

LeSoir nashrining xabar berishicha, agar hukumat sud qarorini belgilangan muddatda bajarmasa, unda unga kuniga 5 ming yevrodan jarima solinadi. Biroq jarimaning umumiy qiymati 200 ming yevrodan oshishi mumkin emas.

Bundan 3 haftacha oldin Inson huquqlari ligasi belgiyaliklar nomidan hukumatning “fuqarolarning asosiy erkinliklarini cheklovchi” koronavirusga qarshi choralariga qarshi shikoyat arizasi bergan.

Sudning hukmiga ko‘ra, hukumatda restoranlar, madaniy va sport obektlarini yopish, harakatlanishni cheklash va maktablarda mashg‘ulotlarni bekor qilish kabi cheklovlarni kiritish uchun yetarlicha huquqiy asos bo‘lmagan.  

Sudning ta'kidlashicha, hukumat bunda tayanayotgan 2007 yilgi qonunda bunday choralar ko‘zda tutilmagan.

Mavzuga oid