Ikki viloyatda DSBga yangi boshliqlar tayinlandi
Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasiga rahbarlik qilib kelgan Ravshan Nasimov Andijon viloyatida vakant lavozimni egalladi. O‘z navbatida uning o‘rniga Navoiy viloyati DSBga yangi rahbar tayinlandi.
Andijon va Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshliqlari tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston prezidenti farmoyishiga asosan, Ravshan Nasimov Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
R.Nasimov 1971 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 1993 yilda Toshkent moliya institutini “iqtisodchi” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Ravshan Nasimov bunga qadar Navoiy viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
R.Nasimov soliq xizmati organlaridagi mehnat faoliyatini 1993 yilda Samarqand viloyati Siyob tumani davlat soliq inspeksiyasi Soliqlarni taxminlash va ularning tushumini nazorat qilish bo‘limi inspektori lavozimidan boshlagan.
- U 2020 yil yozidan Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan, 2021 yil fevralida Andijon viloyati hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgan Otabek Tursunov o‘rnida ish boshlaydi.
Shuningdek, prezident farmoyishiga asosan, Anvar Botiraliyev Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Anvar Botiraliyev 1977 yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 2001 yilda Farg‘ona davlat universitetini “iqtisodiyot” mutaxassisligi, 2004 yilda Bank-moliya akademiyasini “Soliqlar va soliqqa tortish” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
A.Botiraliyev ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Anvar Botiraliyev soliq xizmati organlaridagi mehnat faoliyatini 1997 yilda Farg‘ona viloyati Quva tumani davlat soliq inspeksiyasi Jismoniy shaxslarga soliq solish shu'basi inspektori lavozimidan boshlagan.
Mavzuga oid
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
14:41 / 06.11.2024
5 sotix yerni fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan ekologiya bo‘limi bosh inspektori 20 ming dollar bilan ushlandi
12:32 / 06.11.2024
Misr Navoiydagi mis konida burg‘ilash ishlarini boshladi
16:17 / 02.11.2024