Jamiyat | 14:01 / 02.04.2021
2249
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda mansabdor shaxslar davlatga 285,5 mln so‘m zarar yetkazishdi

Navoiy viloyatida davlat ulushi 30,8 foiz bo‘lgan AJning mansabdor shaxslari davlat manfaatlariga 285,5 mln so‘m zarar yetkazishgani aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabariga ko‘ra, ushbu mansabdor shaxslar budjet oldidagi juda ko‘p miqdordagi soliq qarzini to‘lamaslik maqsadida, jamiyat ta'sischiligi ostida MChJ tashkil qilishgan. So‘ngra barcha moliyaviy operatsiyalarni mazkur MChJ orqali amalga oshirib kelishgan. 

Shuningdek, ular jamiyatga tegishli 7 100 metr quvur liniyasini arzon narxlarda baholatib, 285,5 mln so‘mga sotish orqali davlat manfaatlariga zarar yetkazishgani ma'lum bo‘ldi.  

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid